Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Ikramov tizim faxriylari bilan uchrashuv oʻtkazdi
2026-02-20 14:30:00 / Yangiliklar
Uchrashuv, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida boʻlib oʻtdi. Vazir bilan muloqotga oʻz vaqtida hududiy boshqarmada xizmat qilgan FVV faxriylari taklif etildi. Suhbat ochiq muloqot va samimiy ruhda kechdi.

Sohaning tajribali vakillari bugun qutqaruv tizimi safida xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar bilan doimiy aloqada boʻlish, ular bilan oʻzlarining boy tajribalarini baham koʻrish istagini bildirdilar. Faxriylar tomonidan bildirilgan barcha takliflar qoʻllab-quvvatlandi.
Vazir FVV tizimida avlodlar davomiyligini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishini taʼkidladi.


