Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramov Jizzax viloyatida oʻrganish ishlarini olib bordi
2026-02-20 10:45:00 / Yangiliklar
Oʻrganishlar davomida favqulodda vaziyatlar organi davlat nazorati inspektorlari faoliyati, mahallalarda tashkil etilgan “Mahalla muhofazasi” xonalari, “Mahallabay” va “Xonadonbay” olib borilayotgan tadbirlar, shuningdek, hududlardagi qutqaruv maxsus texnikalari va asbob-anjomlarning shayligi, xizmatni olib borilishi, shaxsiy tarkibga yaratilgan shart-sharoitlar va muhandislik inshootlarining holati atroflicha koʻzdan kechirildi.

Jarayonda Zomin tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida mahalla faollari va tegishli tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda Yurtboshimiz tomonidan imzolangan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda belgilangan ustuvor vazifalarga alohida toʻxtaldi va ijrosini taʼminlash borasida masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shu bilan birga FVB rahbarlariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida samaradorlikni oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.







