FVV Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar organlari ofitserlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻini oʻtkazildi
2026-02-19 18:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 16-18 kunlari FVV Akademiyasida oʻtkazilgan oʻquv-uslubiy yigʻinida vazir oʻrinbosari N.Kadirov, FVV masʼul xodimlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalardan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar organlari ofitserlari ishtirok etdi.

Unda, soha xodimlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etilib, ularning bilim va koʻnikmalari mustahkamlandi.
Yigʻin davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiya markazi hamda Mudofaa vazirligi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida yangi barpo etilgan oʻquv-moddiy baza bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.





