“Islom nuri” jome masjidida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-02-19 11:55:00 / Yangiliklar

“Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i polkovnik H.Bobonov rahbarligida tegishli xizmatlar bilan “Islom nuri” jome masjidida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Bunda, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish shuningdek, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz evakuatsiya qilish, yong‘inni bartaraf etish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi. Yakunda, tezkor xizmatlarning shayligi baholandi.



