Toshkent viloyati FVBB tomonidan Boʻstonliq tumanida joylashgan Chinorkent dam olish maskani hamda uning kanat yoʻli hududida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2026-02-14 14:30:00 / Yangiliklar
Oʻquv mashgʻuloti davomida favqulodda vaziyat sodir boʻlganda qutqaruv xizmatlarining tezkor harakatlari, jabrlanganlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda kuch va vositalar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, kanat yoʻlida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnik nosozliklar yoki tabiiy xavf-xatarlar sharoitida harakat qilish algoritmlari, qutqaruv uskunalaridan toʻgʻri foydalanish va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tezkorlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.







