“Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida olimalarning professional rivojlanishi va ilmiy yutuqlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
2026-02-14 13:00:00 / Yangiliklar

Konferensiyada O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” Uyushmasi huzuridagi Yosh xotin-qizlar akademiyasi rahbari, t.f.d., professor S.S.Beknazarova, Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti “Tovarlarni tasniflash va notarif nazorat” kafedrasi boshlig‘i, polkovnik, i.f.d., professor Sh.N.Muratova, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi “Yurisprudensiya” kafedrasi dotsenti, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.B.Xodjayeva, I.A.Karimov nomidagi TDTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori kimyo fanlari doktori (DSc), professor G.A.Ixtiyarova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy universiteti rektorining maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari maslahat kengash raisi, “Ekologiya” kafedrasi dotsenti R.R.Parpiyeva, Fuqaro muhofazasi instituti p.f.d., (DSc), professor S.I.Xusanovalar tomonidan ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi islohotlar, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish borasida erishilgan amaliy samaralar mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda, xotin-qizlarning roli va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilindi.
lmiy-amaliy anjumanda FVV Akademisi, Fuqaro muhofazasi instituti, Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchi yosh xotin-qizlar ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


