Sharq ayolining ma’naviy qiyofasi
2026-02-13 19:05:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida shu mavzuda seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Maxfirat Zikirova hamda vazirlik tizimida xizmat qilayotgan bir guruh xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot davomida sharq ayollariga xos bo‘lgan nazokat, aql-zakovat, ma’rifat, sadoqat va iffat kabi xislatlar zamonaviy dunyoda tobora dolzarblashib borayotganligi, milliy qadriyatlar hamda sharq ayolining ma’naviy qiyofasini asrab qolishda vazirlik ayollari yoshlarga har jihatdan o‘rnak bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Trening davomida xotin-qizlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, jamoada shaxsiy imidjni shakllantirish hamda liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan interfaol usullardan keng foydalanildi.




