Samarqandlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-02-12 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi keng qamrovli o‘zgarishlar, harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida fikr yuritildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarga vazirlik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, qutqaruvchilik lavozmiga ishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida yoshlarga ham so‘z berilib, ularning muammolari o‘rganildi, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlarning bandligini ta’minlash va xorijiy tillarga yo‘naltirishga oid chora-tadbirlar belgilab olindi. Tadbir yakunida faol va tashabbuskor yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.







