Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi
2026-02-13 14:40:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar – boburshunos olimlar, shoir va san’atkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv va g‘azalxonlik kechalari, anjuman va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Xususan, vazirlik markaziy apparatida taniqli shoira, filologiya fanlari doktori, professor Sayyora To‘ychicheya, FVV Akademiyasida O‘zbekiston xalq atristi Tesha Mo‘minovlar bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, hududiy bosh boshqarmalar, boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda ham boburxonlik kechalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazimoqda.
Bu kabi tadbirlar o‘z navbatida, xodimlarning maʼnaviy saviyasini oshirib, dunyoqarashini kengaytirishga, ularning buyuk ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo‘lib, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.









