“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan FVV markaziy apparati, hududiy Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor yigʻilish boʻlib oʻtdi
2026-02-12 15:30:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi vakillari, Termiz harbiy prokurori hamda harbiy xizmatchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdi.

Tadbirda masʼullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot xavfsizligini taʼminlash, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, diniy ekstremizm va radikal gʻoyalarning salbiy oqibatlari jamiyat va shaxs hayotiga zararli taʼsiri haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi hamda huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat va kundalik hayotda qonuniylikka qatʼiy rioya etish muhimligi alohida taʼkidlandi.





