Qiziriq tumanida yangi qutqaruv qismi foydalanishga topshirildi
2026-02-10 20:55:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, Surxondaryo viloyati FVB boshligʻi, tuman hokimi, hamkor tashkilotlar vakillari, soha faxriylari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi bino qutqaruvchilar uchun barcha qulayliklarni oʻzida mujassam etgan boʻlib, zamonaviy qutqaruv texnika va asbob-anjomlari, oʻquv minorasi, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, oshxona, yuvinish xonasi hamda yotoqxona kabi xizmat xonalari bilan jihozlangan.
Tadbir davomida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yangi inshootning soha rivojidagi ahamiyatini alohida taʼkidladilar.
Mazkur obyektning foydalanishga topshirilishi hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tezkorlik bilan bartaraf etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.








