“Mas’ullar xalq orasida” – Uchtepa tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-10 19:40:00 / Yangiliklar
Bugun, 10-fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Sotiyev rahbarligida, FVV Akademiyasi boshlig‘i, shahar FVBB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida, Uchtepa tumani hokimligida probatsiya va ma’muriy nazorat ostida turuvchi muqaddam sudlangan fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan diqqat bilan tinglandi. Fuqarolarni qiynayotgan masalalar – tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish, fuqarolik pasportini olish, ijtimoiy, huquqiy va boshqa yo‘nalishlardagi muammolar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi va qolganlari mutasaddi idoralar nazoratiga olindi.




