Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi
2026-02-10 18:15:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon viloyati FVB va FVV Akademiyasida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ijodiy uchrashuv va g‘azalxonlik kechalari o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlar, harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilarning maʼnaviy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ularning buyuk ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo‘lishiga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.









