Ma'naviy yetuk harbiy xizmatchilar – Vatanimizning mustahkam qalqoni!
2026-02-09 17:05:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan taniqli ijodkorlar va adiblar ishtirokida ijodiy uchrashuv va g‘azalxonlik kechalari, anjuman va davra suhbatlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Bu kabi tadbirlar o‘z navbatida, harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilarning maʼnaviy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ularning buyuk ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo‘lishiga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.









