Navoiy viloyatida olib borilgan kompleks tadbirlar
2026-02-07 17:40:00 / Yangiliklar

Shu bilan birga, odamlar gavjum boʻladigan bozorlar, savdo komplekslari, savdo-koʻngilochar markazlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda boshqa turdagi tadbirkorlik subyektlarida oʻrganishlar olib borildi.
Shuningdek, insonlar hayoti va sogʻligiga xavf solib, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish boʻyicha qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlangan mavjud kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar bino (inshoot) va xonalarning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyat boshqarmasida mahalla aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida mahallalarda manzilli profilaktika tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Jarayonda qutqaruv qismlari faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkib tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikaning mavsumiy shayligi va texnik holati koʻzdan kechirildi.








