Toshkent viloyati FVBB boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligida Toshkent tumani hududida joylashgan bolalar o‘yingohlarida nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
2026-02-07 14:55:00 / Yangiliklar

Tekshiruvlar davomida bolalar o‘yingohlarida yong‘in xavfsizligi talablariga zid holatlar aniqlanib, bolalar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi kamchiliklar qayd etildi.
Shu sababli, kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur o‘yingohlarning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



