Buxoro viloyatida olib borilayotgan tadbirlar
2026-02-06 20:40:00 / Yangiliklar
Xabar berib borayotganimizdek, respublikamiz boʻylab kompleks profilaktik tadbirlar va oʻquv mashqlari oʻtkazilmoqda. Navbatdagi manzil Buxoro viloyati boʻldi. Unda viloyat hududlarida joylashgan savdo komplekslarida mahalliy hokimlik hamda FVDqT xizmatlari kuch va vositalari ishtirokida shartli ravishda sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etish, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

Shuningdek, insonlar hayoti va sogʻligiga xavf solib, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish boʻyicha qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlangan obyektlarda mavjud kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar bino (inshoot) va xonalarning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilmoqda.
Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida mahallalarda manzilli profilaktika tadbirlarini tashkil etish ishlar oʻrganilib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar oʻtkazildi va favqulodda vaziyatlar yoʻnalishida tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayonda qutqaruv qismlari faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkib tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikaning mavsumiy shayligi va texnik holati koʻzdan kechirildi.






