Chirchiq shahrida joylashgan yirik savdo majmuasida maxsus taktik-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2026-02-06 18:35:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarligida Toshkent viloyatining, Chirchiq shahrida joylashgan odamlar gavjum boʻladigan yirik savdo majmuasida Chirchiq shahar hokimi hamda hamkorlikdagi xizmatlar ishtirokida maxsus taktik-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mazkur mashgʻulotdan koʻzlangan asosiy maqsad yirik savdo obyektlarida favqulodda vaziyatlar, xususan, yongʻin yoki boshqa texnogen hodisalar sodir boʻlganda tezkor xizmatlarning oʻzaro hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish, xodimlar va xaridorlarni xavfsiz evakuatsiya qilish tizimini sinovdan oʻtkazish hamda amaliy koʻnikmalarni mustahkamlashdan iborat boʻldi.




