Uchtepa tumanida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
2026-02-06 17:50:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Uchtepa tumani hududida aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yirik savdo-ko‘ngilochar maskanlarda xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil olib borilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, FVV Akademiyasi boshligʻi polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov boshchiligida bir guruh harbiy xizmatchilar, kursantlar Uchtepa tumani joylashgan "Tinchlik obod", "Nayman", "Farhod", "Nurobod" mahallarida hamda "Vatanparvar" mahallasida joylashgan 287-sonli umumtaʼlim maktabida, oʻquvchilarga huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, yoshlar oʻrtasidagi kitobxonlik targʻibotini kuchaytirish va fuqarolar xonadonlarida xavfsizlik madaniyatini amalga oshirdilar.
Shuningdek, "Oʻrikzor savdo kompleksi" va "Globus MALL" ko‘ngilochar maskanlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yashirin iqtisodiyotni aniqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash masalalari boʻyicha bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Yakunda Akademiya rahbariyati va tuman sektor rahbarlari tomonidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar va tavsiyalar berildi.








