Favqulodda vaziyatlar vazirligida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida 35 ta vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat “Digital Team” raqamli jamoa yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-02-06 16:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida 35 ta vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat “Digital Team” raqamli jamoa yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari S. Zuparov, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O. Umarov hamda sohaga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish davlat tizimi subyektlarining tarqoq holatdagi idoraviy axborot tizimlarini yagona platformaga to‘liq integratsiya qilish, xavfli hududlar, xavf manbalari, ularni bartaraf etishga jalb qilinadigan kuch va vositalar, moddiy-texnik resurslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini to‘ldirib borish, tezkor boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish hamda tabiiy va texnogen jarayonlar hamda hodisalar monitoringi va prognozini yuritish uchun zamonaviy texnologiyalar, axborot dasturlari va sun’iy intellekt yutuqlaridan to‘liq foydalanish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




