Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Andijondagi yirik savdo majmualari va bozorlarda nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-02-05 17:05:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tegishli daxldor tashkilotlar vakillari ishtirokida Andijon viloyatida joylashgan yirik savdo majmualari va bozorlarda nazorat-profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar davomida savdo obyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, evakuatsiya yo‘laklari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va sozligi, shuningdek, elektr va gazdan xavfsiz foydalanish holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, savdo majmualari ma’muriyati va tadbirkorlarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur nazorat-profilaktik tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda jamoat joylarida xavfsizlik madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


