Joylarda o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni", "Kelajak soati", "Qutqaruvchi va yoshlar" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari tashkil etildi
2026-02-05 16:30:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joylarda o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni", "Kelajak soati", "Qutqaruvchi va yoshlar" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari tashkil etildi
Tadbirlar davomida yoshlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari, yong‘in xavfsizligi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda qutqaruv bo‘linmalarining kundalik faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, maxsus-texnika va asbob-uskunalar namoyish etilib, ularning ishlash tartibi amaliy ko‘rsatmalar asosida tushuntirildi.








