Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Guliston shahrida joylashgan savdo ko‘ngilochar maskanlarning yong‘in xavfsizligi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
2026-02-05 11:35:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Guliston shahrida joylashgan savdo ko‘ngilochar maskanlarning yong‘in xavfsizligi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari rahbarligida olib borilib, obyektlarda o‘rnatilgan avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, yong‘in haqida avtomatik xabar berish vositalari, zaxira evakuatsiya yo‘laklari, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari hamda boshqa yong‘inga qarshi inventarlarning mavjudligi, sozligi va doimiy ishchi holatda ekanligi batafsil ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish masalalarida tushuntirish va yo‘riqnoma ishlari olib borildi.



