Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Jizzax shahridagi savdo ko‘ngilochar markazlarning yong‘in xavfsizligi holatini o‘rgandi
2026-02-04 21:25:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Xurshid Sotiyev rahbarligida Jizzax shahrida joylashgan savdo va ko‘ngilochar maskanlarning yong‘in xavfsizligi holati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mazkur obyektlarda o‘rnatilgan avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari, yong‘in haqida avtomatik xabar berish vositalari, zaxira evakuatsiya yo‘laklari, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari hamda boshqa yong‘inga qarshi inventarlarning mavjudligi, sozligi va doimiy ishchi holatda ekanligi batafsil ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, obyektlarning ishchi-xodimlari bilan favqulodda vaziyatlar, jumladan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish masalalarida tushuntirish va yo‘riqnoma ishlari olib borildi.



