Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar
2026-02-04 21:20:00 / Yangiliklar

Shuningdek, odamlar gavjum boʻladigan bozorlar, savdo komplekslari, savdo-koʻngilochar markazlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda boshqa turdagi tadbirkorlik subyektlarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar amalga oshirildi. Insonlar hayoti va sogʻligiga xavf soluvchi qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlangan obyektlarda mavjud kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar bino (inshoot) va xonalarning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilmoqda.
Bundan tashqari, mahalla yettiligi aʼzolari bilan videokonferensaloqa orqali tezkor uchrashuv oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida mahallalarda manzilli profilaktika tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shundan soʻng mahallalarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlar yoʻnalishida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida tizimda xizmat olib borayotgan qutqaruvchining xonadoniga tashrif buyurilib, uning yaqinlari bilan samimiy suhbat oʻtkazildi hamda oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishildi.









