Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa daxldor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan tekshiruvlar
2026-02-04 14:40:00 / Yangiliklar

Xususan, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasida joylashgan savdo majmualarining birida oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha, obyekt rahbariga 68 ta banddan iborat yozma koʻrsatma taqdim etildi. Insonlar hayoti va sogʻligiga xavf solib, yongʻin xavfsizligi talablari qoʻpol ravishda buzilgan qoidabuzarliklar boʻyicha bolalar oʻyingohi pavilyonining faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik toʻxtatildi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatida oʻtkazilgan yana 3 ta tekshiruvda obyekt rahbarlariga 87 ta banddan iborat yozma koʻrsatma taqdim etilib, 2 ta bino (inshoot) va xonalarning ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Shuningdek, Jizzax viloyati, Jizzax shahar “H.Olimjon” MFYda joylashgan savdo markazida oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha obyekt rahbariga 15 ta banddan iborat yozma koʻrsatma taqdim etildi. Qoʻpol ravishdagi qoidabuzarliklar boʻyicha binoning 2-qavatida joylashgan savdo markaziga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik toʻxtatildi.
Sirdaryo viloyati, Guliston shahardagi holatda “Namuna” MFY Oʻzbekiston shox koʻchasida joylashgan savdo markazi 1-qavatida ijara shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatda oʻtkazilgan tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha obyekt raxbariga 26 ta banddan iborat yozma koʻrsatma taqdim etildi. Qoʻpol ravishda qoidabuzarlik boʻyicha binoning 1-qavati yertoʻlasidagi omborxona faoliyati aniqlangan kamchilik bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik toʻxtatildi.





