FVV tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumanida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi
2026-02-04 11:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman mahallalarida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu borada aholi bilan manzilli va tizimli ishlash, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mas’ul tashkilotlarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini chuqur tahlil qilish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq va samarali mexanizmlarni joriy etish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, aholi murojaatlariga tezkor va sifatli munosabat bildirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yoshlar va ayollar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda hududda huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda tinch va osoyishta hayot tarzini mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.




