Sirdaryo viloyati FVB qutqaruvchilari bilan kasbiy tayyorgarligi va jangovar shayligini oshirish maqsadida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi
2026-02-03 17:45:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlarni oqibatlarini bartaraf etish jarayonlarida qutqaruvchilardan professionallik talab etiladi. Ana shu professionallik darajasini yanada oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati FVB qutqaruvchilari bilan turli ko‘rinishda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashgʻulotlar davomida qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-uskunalar va anjomlardan samarali foydalanish, turli favqulodda vaziyatlarda tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish, kimyoviy favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishini oldini olish boʻyicha amaliy harakatlarni bajardi.
Bu kabi mashg‘ulotlar qutqaruvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishi bilan birga, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish shuningdek, oqibatlarini samarali bartaraf etishga xizmat qiladi.




