Jizzax viloyati FVB tomonidan bozorlarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2026-02-03 17:15:00 / Yangiliklar

Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan bozorlarda yo‘nalish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilishiga erishilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalariga bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, o‘zida xavfsizlik qoidalari aks etgan eslatmalar tarqatilmoqda.


