Buxoro viloyati FVB tomonidan hududda joylashgan savdo majmualarida tungi profilaktik ko‘riklar o‘tkazilmoqda
2026-02-03 12:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda yong‘in xavfsizligi holati, evakuatsiya yo‘laklarining ochiqligi, elektr va gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, avtomatik xabar beruvchi vositalar, avtomatik o‘chirish vositalari hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarning aksariyati bartaraf etildi. Shuningdek, obyektdagi ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.






