Navoiyda keng qamrovli profilaktik tadbirlar va maxsus-taktik oʻquv mashqlari oʻtkazilmoqda
2026-02-02 17:45:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati FVB tomonidan Karmana tumani hududida joylashgan omborxonalarning birida zilzila va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda ularning oqibatlarini bartaraf etish, ishchilarni evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus-taktik oʻquv mashqlari tashkil etilib, amaliy harakatlari sinovdan oʻtkazildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati FVB rahbariyati tomonidan viloyat hududida joylashgan barcha insonlar ommaviy yigʻiladigan savdo va koʻngilochar markazlari, avariya bartaraf etish guruhlarining tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilmoqda.
Ushbu oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha masʼul shaxslarga zarur koʻrsatmalar berilmoqda.



