Mashqda qiyin boʻlsa, amalda oson boʻladi
2026-01-31 14:15:00 / Yangiliklar

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish jarayonlarida qutqaruvchilardan yuksak mahorat, tajriba va albatta yetarli bilimga ega boʻlishni talab etadi. Ana shu maqsadda qutqaruvchilar bilan toʻgʻri va aniq harakat qilish boʻyicha muntazam oʻquv mashgʻulotlari tashkil etib boriladi. Bunday oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazilganini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon viloyati FVB qutqaruvchilari misolida koʻrishimiz mumkin.
Mashgʻulotlar davomida qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-uskunalar va anjomlardan samarali foydalanish, turli favqulodda vaziyatlarda tezkor va toʻgʻri harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalar mustahkamlandi.
Bunday amaliy mashgʻulotlar qutqaruvchilarning real vaziyatlarda malakali va muvofiqlashtirilgan holda harakat qilishini taʼminlashga xizmat qiladi.








