FVV Markaziy apparatida “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida “Alisher Navoiy merosi – maʼnaviy - maʼrifiy yuksalish manbai” mavzusida maʼnaviy - maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
2026-01-30 19:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatining katta majlislar zalida “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan ulugʻ mutafakkir bobomiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligiga bagʻishlangan “Alisher Navoiy merosi – maʼnaviy - maʼrifiy yuksalish manbai” mavzusida maʼnaviy - maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ishtirok etgan filologiya fanlari doktori Mansur Yunusov Navoiyning asarlari nafaqat milliy qadriyatlarimiz, balki dunyo tamadduni rivojida muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.
Taniqli shoir Dilmurord Doʻst Navoiyga bagʻishlab yozgan sheʼrlaridan oʻqidi. Mumtoz qoʻshiqlarimizning mohir ijrochisi, Orifxon Hotamov nomidagi xalqaro tanlovning mutloq gʻolibi Alisher Azimov Navoiy gʻazallari bilan aytiladigan ashulalardan ijro etdi.





