Toshkentda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-01-30 18:45:00 / Yangiliklar
Bugun, 30-yanvar Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimligida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

Unda, “Biznes hamroh” loyihasining mazmun-mohiyati, “Rahbarlar bilan muloqot” moduli, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar va xavfsizlik talablari haqida so‘z yuritildi. Muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutasaddilaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.



