Murojaat, muloqot va yechim: Angrenda ommaviy sayyor qabul
2026-01-30 17:45:00 / Yangiliklar
Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, viloyat FVBB rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Toshkent viloyatining Angren shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda, tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.





