Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikromov Toshkent shahar, Shayxontohur tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimida oʻrganish ishlarini olib bordi.
2026-01-30 15:55:00 / Yangiliklar

Jarayonda vazir tomonidan yongʻin-qutqaruv qismi faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikalarning shayligi va texnik holati koʻzdan kechirildi. Shu bilan birga, shaxsiy tarkib bilan uchrashuv oʻtkazilib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning jangovar shayligini yanada oshirish borasida rahbarlarga topshiriqlar berildi.





