FVV Akademiyasi, Toshkent viloyati FVBB, Toshkent viloyati hokimligi va boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlarga asoslangan kompleks va keng qamrovli o‘rganish ishlari amalga oshirildi
2026-01-24 13:40:00 / Yangiliklar

O‘rganish ishlari mahallalarning geografik joylashuvi va tabiiy xususiyatlarini (past-baland hududlar, sel va boshqa xavf omillari) inobatga olgan holda, shahar markaziga yaqin, o‘rta va olis hududlarda joylashgan mahallalarni tanlab olish asosida tashkil etildi. Shuningdek, so‘nggi besh yil davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning statistik ma’lumotlari, ularning oqibatlari hamda ilmiy-texnik hisob-kitoblar tahlili asosida manzilli yondashuv qo‘llanildi.
Mazkur profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash ishlarini “mahallabay” va “xonadonbay” tizimi asosida yo‘lga qo‘yish, “Mahallamizni favqulodda vaziyatlardan himoyalangan hududga aylantiramiz” shiori ostida aholining xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.
Ushbu ishlarni samarali tashkil etishda favqulodda vaziyatlar organlari inspektorlari hamda mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etib, mazkur mexanizm aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim natijalarga erishishga xizmat qilmoqda.





