"Yosh qutqaruvchi" musobaqasining 1-bosqichiga start berildi
2026-01-23 18:25:00 / Yangiliklar
Mazkur musobaqa o‘quvchi yoshlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi.

Unda, hududlardagi maktablarning o‘quvchi yoshlaridan iborat jamoalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi.
Mazkur bosqichda, o‘quvchi yoshlar 3 ta shart, fuqaro muhofazasi yo‘nalishida savol-javob, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘in o‘chirish estafetasi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari taqdim etiladi. Mazkur musobaqa 5 ta bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich joriy yilning 28-fevral kuniga qadar o‘tkaziladi.





