Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B.Kudratxodjayev rahbarligida kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-01-22 14:25:00 / Yangiliklar
Yigʻilishda vazirlik Markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalar, boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar rahbar xodimlari videokonfrensaloqa orqali onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdi.

Jarayonda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish borasida 2025-yilda olib borilgan ishlar sarhisob qilinib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularning yechimi boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar koʻrib chiqildi.
Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan muhokamalar davomida 2026-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yoʻnalish boʻyicha respublika, viloyat, tuman, shahar, mahalla darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

