FVV Akademiyasi jamoasi fan olimpiadasi g‘olibi!
2026-01-21 17:45:00 / Yangiliklar

Unda, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti hamda Bojxona instituti kursantlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Tadbir ikki bosqichdan iborat boʻlib, birinchi bosqichi ogʻzaki ijodiy amaliy tarzda boʻlib, unda jamoalar oʻzlarining nutq ravonligi, erkin tilda soʻzlasha olishi qobiliyatlari sinovdan oʻtkazildi. Ikkinchi bosqichda esa yozma tahliliy bosqich boʻlib, unda jamoalarning til boʻyicha lugʻat boyligi, grammatik bilimdonligi va ifodalay olish qobiliyatlari sinovdan oʻtkazildi.
Ushbu fan olimpiadasini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining mutaxassislaridan iborat komissiya aʼzolari tomonidan xolis va shaffoflik bilan baholab borildi.
Fan olimpiadasining yakuniy natijalariga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Bojxona instituti jamoasi 2-o‘rinni, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi jamoasiga esa faxrli 3-o‘rin nasib etdi.
Yakunda, tashkilotchilar tomonidan fan olimpiadasi gʻoliblariga hamda turli nominatsiyalar boʻyicha faol ishtirok etgan jamoalarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.






