FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti va O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-01-20 14:50:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarni yaratish, shuningdek, ularni favqulodda vaziyatlarga tayyorlab borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, joriy yilda amalga oshiriladigan tadbirlar kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi tomonidan Fuqaro muhofazasi institutiga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun tashakkurnoma taqdim etildi.

