“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni”
2026-01-20 12:35:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati FVB, Buxoro davlat texnika universiteti, Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi hamda “LUOK” MCHJ obeyktlarda favqulodda vaziyatlar markazi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri, shuningdek, Vobkent tumanida yoshlar ishtirokida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.
Uchrashuvda qatnashgan rahbarlar yoshlar bilan ibratli hayotiy tajribalari, vatanparvarlik hamda kasbga sadoqat, fidoyilik orqali erishiladigan ulkan natijalari xususida fikr yuritdi.
Shuningdek, viloyat FVB, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, harbiy prokuratura, mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda “LUOK” XK MChJ OFV markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu festivalda koʻrgazmali chiqishlar, maxsus texnikalar namoyishi tashkil etildi.






