Hududlarda "Xavfsiz xonadon oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda
2026-01-19 11:55:00 / Yangiliklar

Respublikamiz bo‘ylab qish mavsumini betalafot o‘tkazish shuningdek, mavsumda is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong‘inlar va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar xonadonlarda, qurilish va ijtimoiy soha obyektlarida, bozorlarda va boshqa obyektlarda tashkil etilmoqda.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etilishiga erishilmoqda. Shuningdek, aholiga xavfsizlik qoidalari o‘zida aks etgan maxsus eslatmalar tarqatilmoqda.







