"Men G‘olib Run" harbiy vatanparvarlik yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi
2026-01-18 18:30:00 / Yangiliklar
Bugun, "Yangi O‘zbekiston" bo‘g‘ida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Men G‘olib Run" harbiy vatanparvarlik yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvlar 10 va 3 km masofalarda tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar, havaskor sportchilar, fuqarolar qatorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va Akademiya kursantlar ham faol ishtirok etdi.
Quvonarlisi, qizlar o‘rtasida 3 km masofaga yugurish bo'yicha o'tkazilgan bahslarda FVV harbiy xizmatchisi kichik serjant Jumanazarova Mahliyo Sirojiddin qizi faxrli 3-o‘rinni qo'lga kiritdi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari o'rtasida 10 km masofaga jamoaviy yugurish turida FVV Akademiyasi kursantlari jamoasi faxrli 3-o'rinni egalladi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.





