FVV Akademiyasida "Kimyo sanoati korxonalarida yong‘in-portlash xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari: muammolar va yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
2026-01-17 11:30:00 / Yangiliklar

Anjuman davomida kimyo sanoatida yong‘in-portlash xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan monitoring va nazorat tizimlaridan samarali foydalanish, inson omilini kamaytirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlarida fuqaro muhofazasini ta’minlashda raqamli modellashtirish, tahlil va prognozlash usullarining amaliy ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, mazkur ilmiy-amaliy anjuman taniqli olim va pedagog, ilmiy maktab asoschisi professor Boltaboyev Raxmatilla Boltaboyevich tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangani qayd etilib, ustozning boy ilmiy merosi zamonaviy xavfsizlik tizimlarini rivojlantirishda hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutayotganini alohida e’tirof etdi.
Tadbir yakunida kimyo sanoati obyektlarida yong‘in-portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni keng joriy etish, fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, professor Raxmatilla Boltaboyev tomonidan yaratilgan ilmiy maktab va boy ilmiy merosni yosh avlodga yetkazish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, sohada ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.



