Joylardagi profilaktik tadbirlar
2026-01-17 11:25:00 / Yangiliklar
Jizzax va Andijon viloyatlari FVB boshliqlari rahbarligida tegishli soha vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Zomin tumani "Suffa" dam olish maskani va Xoʻjaobod tumanidagi togʻ va togʻ oldi hududlarida joylashgan attraksionlardan foydalanish, shuningdek, Buxoro viloyati FVB tomonidan tungi profilaktik tadbirlar olib borildi.

Oʻrganish jarayonida ekstremal attraksionlarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, xavfsizlik talablariga muvofiqligi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha koʻzdan kechirildi. Attraksionlarda xizmat koʻrsatuvchi masʼul shaxslarning tayyorgarlik darajasi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakatlanish tartibi hamda ogohlantiruvchi belgilar va yoʻriqnomalarning mavjudligi alohida oʻrganildi.
Shuningdek, "Buxorotumangaz" gaz taʼminoti boʻlimida tungi tekshiruv oʻtkazilib, zahira manbalarining mavjudligi holati, tizimidagi uzilish va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida agregatlarning shayligi koʻrikdan oʻtkazildi.






