"Hushyorlik, ogohlik — xavfsiz hayot kafolati"
2026-01-16 14:25:00 / Yangiliklar
"Xavfsiz xonadon oyligi" doirasida Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Hushyorlik, ogohlik — xavfsiz hayot kafolati" mavzusida o‘quv seminarlari hamda ko‘rgazmali texnika namoyishlari tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida dastlab, seminar tashkil etilib unda, o‘quvchi yoshlarga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, ularning ayanchli oqibatlari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida FVVning maxsus texnikalari, qutqaruv asbob-anjomlari va himoya vositalarining ko‘rgazmali namoyishi tashkil etilib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish tartibi amaliy mashg‘ulotlar asosida tushuntirildi. Mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib berilgan ushbu amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda muhim amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.






