Vatan yo‘lidagi jasorat unutilmaydi!
2026-01-15 11:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan mard va fidoyi xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida marhumlarning yaqinlariga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, samimiy suhbatlar tashkil etildi. Ular Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan haqiqiy qahramonlar sifatida doimo xotiramizda qoladi.








