FVV xodimi sovrindorlar qatorida
2026-01-13 09:45:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Posboniman muqaddas yurtning” insholar, hikoyalar va sheʼrlar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda FVV xodimi faxrli 2- oʻrinni egalladi.

Tantanali tadbirda ijodkorlar, harbiylar jam boʻldi. Dastavval, davlat madhiyasi yangradi. Shundan soʻng, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid harbiylarni bayram bilan muborakbod etdi. Soʻngra tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi.
Quvonarlisi tanlovning nasriy asarlar yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etgan Toshkent viloyati FVBB 52-kasbiylashgan yongʻin qutqaruv qismi navbatchi dispetcheri Shahnoza Yarasheva “Xaloskorlar” deb nomlangan hikoyasi bilan faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Shu oʻrinda hamkasbimiz Shahnoza Yarashevani ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida zafarlar tilaymiz.


