Vatanparvarlik — fidoyilik va muvaffaqiyat mezoni.
2026-01-12 16:15:00 / Yangiliklar

Bugun, 12-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrining yetakchi aktrisa va aktyorlari, “Oʻzbekiston xalq artisti” Odina Narzullayeva va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Turgʻun Beknazarovlar, shuningdek, Oʻzbekiston ogʻir atletikasining eng yorqin va muvaffaqiyatli vakillaridan biri Olimpiya oʻyinlari va Jahon chempioni Ruslan Nuriddinov hamda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni Abdumalik Xaloqovlar ishtirokida “Vatanparvarlik va fuqarolik masʼuliyati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan mavzuning mazmun va mohiyati, uning ahamiyati har bir yutuqning asosiy mezoni ekani alohida taʼkidlanib, bir necha hayotiy misollar keltirildi. Qizgʻin muloqot yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.




